Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev ikkinchi jangini Janubiy Koreya vakili Kim Minseongga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda Javohir 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jang davomida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Endi ertaga Javohir chorak finalda qozog'istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o'tkazadi.