SportUz.Net
iks
ads

JCH-2025. Mirazizbek Mirzaxalilov eronlik raqibiga dars berib qo'ydi - bokschimiz chorak finalda!

09.09.2025 18:30    


Rasmni yuklab olish

Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov JCHdagi ikkinchi jangini eronlik Mexdi Kazemiga qarshi o'tkazdi. 

To'liq davom etgan jangning asosiy qismida Mirzaxalilov ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Endi Mirzaxalilov chorak finalda Bolgariya yoki Irlandiya vakiliga qarshi ringga chiqadi.

Bugun shuningdek 6 nafar bokschimiz JCH doirasida jang o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: