SportUz.Net
iks
ads

Saidjamshid Jafarov Jahon chempionatidagi yurishini davom ettirmoqda

09.09.2025 13:06    


Rasmni yuklab olish

Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Buxoroda tavallud topgan, bugungi kunda Ozarbayjon terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etayotgan -75 kg vaznli Saidjamshid Jafarov kecha JCHdagi ikkinchi jangini yaponiyalik Daigo Sunagaga qarshi o'tkazdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. 

Bu g'alaba orqali Saidjamshid Jafarov chorak finalga yo'l oldi. Endi u 10 sentyabr kuni yarim final yo'llanmasi uchun ukrainalik Pavlo Ilyushaga qarshi ringga ko'tariladi.

Ushbu vaznda musobaqada O'zbekiston sharafini Fazliddin Erkinboev himoya qilmoqda. Fazliddin va Saidjamshid chorak finaldagi janglarda g'alabaga kelishsa, yarim finalda o'zaro to'qnash keladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: