SportUz.Net
iks
ads

Arman Carukyan UFC'dagi keyingi jangini hamyurtimiz bilan bir kardda o'tkazishi mumkin, raqib ham deyarli aniq

03.09.2025 13:09    


Rasmni yuklab olish

Red Fury nashrining malum qilishicha, engil vazn toifasidagi taniqli UFC jangchisi Arman Carukyan keyingi bellashuvi uchun shartnomaga imzo chekkan.

U 22 noyabr kuni Qatarda tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga chiqishi aytilyapti. Xorijiy nashrlar Carukyanga turnir doirasida Den Xuker raqib bo'lishini yozmoqda.

Carukyan ayni damda engil vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Xuker esa oltinchi pog'onada qayd etilgan.

Avvalroq, Qatardagi turnir doirasida o'zbekistonlik yarim og'ir vaznli UFC jangchisi Bogdan Guskov Polsha vakili Yan Blaxovich bilan jang qilishi haqida xabar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: