"Barcha jangchilar Oq uy hududida o'tadigan turnirda qatnashishni xohlaydi.
Mening xayolimga Aleks Pereyra keladi. U promoushen ishonchiga sazovor bo'ldi va sadoqatini ko'rsatdi. Jon Jons esa, masalan, bu kardda asosiy bo'lishga loyiq emas. Hatto avvalgi yutuqlariga qaramay", — dedi sobiq UFC jangchisi CHeyl Sonnen.
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Oq uy hududida turnir o'tkazish bo'yicha kelishuv borligini tasdiqlagan edi.