SportUz.Net
iks
ads

Aleks Pereyra UFC bilan mojaro bo'lganini tan oldi

04.09.2025 19:03    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti buzilmaganini, faoliyatini tugatish haqidagi xabarni o'zi yozganini tan oldi.

Braziliyalik sportchining so'zlariga ko'ra, u o'zining chempionlik imkoniyatini sobiq chempion Irji Proxazkaga berishlari mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob qaytargan. Ammo u tezda bu xabarga ishonganidan afsuslangan, chunki vaziyat haqida to'liq malumotga ega bo'lmagan.

"Biroz tushunmovchilik bo'ldi. CHunki hammasini ijtimoiy tarmoqdan bildim va jahlim chiqib, o'sha xabarni yozdim. Keyin esa afsuslandim. Xato qildim, chunki muzokaralar va jarayon qaysi bosqichda ekanini bilmasdim. Bu lager, menejment va UFC o'rtasidagi tushunmovchilik natijasi bo'ldi. Bu UFCning aybi emas", — dedi braziliyalik Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

"U shoshma-shosharlik bilan ish qildi. Menejerimiz bilan maslahatlashmasdan va Xanter Kempbelldan vaziyatni so'ramasdan shoshib qoldi. Faqat internetdan ko'rib, o'zini xafa his qildi. CHunki unga navbatdagi chempionlik jangi vada qilingan edi, u esa boshqacha xabar ko'rdi. Ammo oxir-oqibat baribir hammasi oydinlashdi", — dedi uning murabbiyi Plinio Kruz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: