Amerikalik 39 yoshli bokschining menejeri SHelli Finkelning so'zlariga qaraganda, uning mijozi yil oxirigacha ringga qaytadi.
"Deonteyning rejalari — yil so'nggi qadar qizib olish uchun batta jang tashkil qilamiz. Keyin 2026 yil uchun katta janglarga murojaat etamiz. Ko'ramiz, balki Aleksandr Usik yoki Entoni Joshua bilan jang o'tkazarmiz", — dedi Uaylderning menejeri SHelli Finkel WBN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan besh yil ichida Uaylder ikki bor Tayson Fyuriga yutqazdi, shuningdek, Jozef Parker va CHjan CHjileyga imkoniyatni boy berdi. Robert Xelenius va Tayrell Xerndondan ustun keldi. So'nggi jangini shu yilning iyun oyida aynan Xerndonga qarshi o'tkazgandi.
UFC 319 turnirining to'lik kardi. Raqamlangan event`da yaqin o'rtada qachon 10 ta jang bo'lgandi?