SportUz.Net

UFC 319 turnirining to'lik kardi. Raqamlangan event`da yaqin o'rtada qachon 10 ta jang bo'lgandi?

16.08.2025 17:57    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning CHikago shahridagi "Yunayted-centr" arenada o'tkaziladigan UFC 319 turniri g'arib ko'rinishga kelib qoldi.

Uchta jang bekor bo'lganidan keyin musobaqa kardida bor yo'g'i 10 ta jang qoldi. Biz uchun ham achinarlisi, hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevning jangi uning raqibi sabab bekor qilingani bo'ldi. Yaqin o'rtada nafaqat raqamlangan, balki oddiy UFC turnirlari kardida bunchalik kam jang o'rin olmagan edi. 

Bunday qisqa muddatda bekor qilingan janglarning o'rnini to'ldirish oson ish emas. UFC 319 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida amaldagi promoushen chempioni, Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus dyu Plessi hamda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Xamzat CHimaev o'rtasida bo'lib o'tadi.


UFC 319 turnirining to'liq kardi:

Drikus dyu Plessi – Xamzat CHimaev;

Leron Myorfi – Aaron Piko;

Jeff Nil – Karlos Prates;

Jared Kannone – Maykl Peyj;

Tim Elliott – Kay Asakura;

Jerald Mirshert – Mixal Olekseychuk;

Jessika Andrade – Lupita Godines;

CHeyz Xuper – Aleksandr Ernandes;

Edson Barboza – Drakkar Kloze;

Karin Silva – Jey-Jey Oldrich.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: