Muxlislar oqshom doirasida superog'ir vazn toifasidagi qiziqarli jangga guvoh bo'lishadi. Unda britaniyalik bokschilar - mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 20 yoshli "prospekt" Mozes Itauma (12-0, 10 KO) tajribali vatandoshi Dillian Uayt (31-3, 21 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugungi jang oldidan bokschilar rasmiy tarozidan o'tish marosimi hamda so'nggi nigohlar to'qnashuvida uchrashishdi. Mozes Itauma tarozida 106,8 kilogramm tosh bosdi. Bu uning faoliyatidagi eng engil og'irlik hisoblanadi. SHu yilning may oyida Mayk Beyloganga qarshi o'tkazgan jangida u hozirgidan 9 kilogrammga og'irroq edi.
Dillian Uayt esa tarozida 110,9 kilogramm vazn qayd etdi. U ham so'nggi jangi bilan taqqoslaganda, 8,6 kilogrammga engilroq chiqdi. Uayt o'tgan yilning dekabr oyida Ebenezer Tettega qarshi o'tkazgan jangida deyarli 120 kg vaznga ega edi. Bugun Dillian faoliyatining so'nggi 10 yilligidagi eng engil vazn bilan ringga ko'tariladi.
UFC 319 turnirining to'lik kardi. Raqamlangan event`da yaqin o'rtada qachon 10 ta jang bo'lgandi?