PFL 9 Gran-prisining asosiy jangi engil vazn toifasida rossiyalik Gadji Rabadanov hamda Buyuk Britaniya vakili Alfi Devis o'rtasida o'tkazildi. Besh raund to'liq davom etgan jangda kutilmagan natija qayd etildi.
Britaniyalik jangchi hakamlarning yakdil qarori (48-47, 48-47, 48-47) bilan ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozondi. Devis engil vaznda PFL Gran-prisi g'olibiga aylandi. Jangga qadar Alfiga yaqqol autsayder sifatida qarashayotgan edi.
Malumot uchun, Rabadanov kecha faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 26 taligicha qoldi, bitta durang ham bor. Alfi Devis esa 20 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 durangga ega.
UFC 319 turnirining to'lik kardi. Raqamlangan event`da yaqin o'rtada qachon 10 ta jang bo'lgandi?