Musobaqa doirasida asosiy kard bellashuvlari start oldi.
Kardning ilk bahsida hamyurtimiz Bogdan Guskov oktagonga ko'tarildi. Unga Rossiya/Ukraina vakili Nikita Krilov raqib bo'ldi.
3 raundlik jang birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Bogdan Guskov raqibini og'ir zarbasi orqali qulatib, nokautga uchratdi.
Janggacha Bogdan UFC reytingida 13, Nikita esa 10-o'rinda edi.
SHunday qilib, Angrenda tug'ilgan Bogdan Guskov faoliyatidagi 21-jangida 18-g'alabasini nishonladi. Endi uning UFC'dagi g'alabalari soni 4 tani tashkil etyapti. Krilov esa bugun 41-jangida 11-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Sensaciya?! Uittaker UFC on ABC 9 turnirining markaziy jangida imkoniyatni boy berdi