SportUz.Net

UAE Warriors 62. CHempion Boynazarovda g'alaba, Boymirzaevdachi?

25.07.2025 14:39    


Rasmni yuklab olish

Kecha Abu-Dabida MMA bo'yicha UAE Warriors 62 musobaqasi o'tkazildi.

Unda ikki nafar hamyurtimiz — yarim o'rta vazn toifasidagi Liga chempioni Xotambek Boynazarov hamda eng engil vazn toifasidagi Ravshanbek Boymirzaev oktagonga ko'tarildi.

Boymirzaevga 22 yashar rossiyalik Ullubiy Amirjanov raqiblik qildi. Bahsda Abdulmanap Nurmagomedov maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lmish Ullubiy birinchi raundda texnik nokaut orqali g'alaba qozondi.

Bu orqali Ravshanbek (5-1) faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib olgan bo'lsa, Amirjanov beshinchi jangidagi beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

UAE Warriors Ligasining yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik chempioni Xotambek Boynazarov esa ilk himoya jangini perulik UFC sobiq chempioni Jeyms Llontopga qarshi o'tkazdi. To'liq 5 raund davom etgan bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz zafar quchdi.

Endi Boynazarovning rekordi 11:0 ko'rinishida. Llontop hisobida esa 16 ta g'alabadan tashqari 6 ta mag'lubiyat mavjud.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: