SportUz.Net

Yo'g'e? 12 yoshli Kastan professional boksda debyut qiladi, bu rekord emas!

26.07.2025 10:42    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Meksikaning Verakrus shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Etiborlisi, oqshom doirasida meksikalik 12 yoshli Romina Kastan professional ringdagi debyut jangini o'tkazadi. Qizaloqning raqibasi 21 yoshli vatandoshi Gvadalupe Medina bo'ladi. Medina professional ringda 10 ta g'alabaga erishgan. 

Malumot uchun, Romina 6 yoshidan boks bilan shug'ullanishni boshlagan. Sakkiz yoshida havaskor boksda janglar o'tkaza boshlagan. Hisobida 50 ta g'alaba bor. Kastan o'z otasi Isaak Kastan qo'l ostida mashg'ulotlarini o'tkazib keladi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, britaniyalik bokschi Nipper Pet Deyli (Patrik Klifford Deyli) 1923 yilda 10 yoshida professional ringda debyut qilgan. U 7 yillik faoliyati davomida 119 ta (99 g'alaba) jang o'tkazib, 1931 yil, 17 yoshida faoliyatini yakunlagan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: