SportUz.Net

"Xabib UFC’ning uchta divizionini tozalashi mumkin edi" - Xaver Mendes

26.07.2025 13:51    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendesning fikricha, Xabib UFC’ning uchta turli vazn toifasida chempion bo'lar ekan.

"Xabib va uning otasi orasidagi suhbatlar rus tilida bo'lardi, menga tarjima qilib berishardi. Otasi doim u engil vaznda jang qilishini istardi. U erda hammasi yaxshi ketdi. Agar qandaydir katta reja bo'lgan bo'lsa, u faqat GSP bilan nom uchun bo'lgan jang edi. Uning otasi Xabib va Jorj Sent-Per o'rtasidagi jangni orzu qilgan.

Men esa, 2012 yildan beri Xabibning murabbiyi sifatida ishonch bilan ayta olamanki, u engil vaznni yutib, keyin yarim o'rta va hatto o'rta vazn toifasida ham chempion bo'lishga qodir edi. Men bunga ishonaman. Kuzatgan tajribalarimdan kelib chiqib, u uchta divizionni “tozalab tashlashga” qodir edi. U qanday rivojlanganini, qanday o'sganini o'z ko'zim bilan ko'rganman", – dedi Mendes.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: