SportUz.Net

Xabib Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangini elon qildi

26.07.2025 10:18    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov jiyani Umarning oktagonga qaytishi haqida malumot berib, jang markaziy maqomda bo'lishini qo'shimcha qildi.

"Oqshomning asosiy jangi, besh raund. Qaytish vaqti keldi, jiyan", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar yozib qoldirgan Xabib Nurmagomedov.

Hozircha rossiyalik aralash yakkakurash ustasining navbatdagi jangi qachon va qaerda o'tkazilishi rasman elon qilinmagan. Xabibning o'zi ham bu malumotni oxirigacha ochiqlamagan. Katta ehtimol bilan u kuzda Abu-Dabida jang o'tkazsa kerak.

Malumot uchun, Umar Nurmagomedov oxirgi jangini shu yilning yanvar oyida o'tkazgandi. O'shanda u UFC chempioni Merab Dvalishviliga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Bu Nurmagomedov uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi. Fevral oyida Umar qo'lida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: