SportUz.Net

"Murodjon Axmadaliev Inoueni muddatidan oldin engishi mumkin" - murabbiy

22.07.2025 11:00    


Rasmni yuklab olish

Tajribali murabbiy, Dmitriy Bivolning ustozi Gennadiy Mashyanov Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi.

"Bu ikki bokschining to'qnashuvi alohida voqelik. CHunki yapon bokschi deyarli har doim o'z uyida jang qiladi. Ahmadalievning g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatga ega. Juda ko'p narsa ringdagi hakamga ham bog'liq bo'ladi. Inouega bungacha jang qilish uchun emas, faqat chek (pul) olish uchun raqiblarni olib kelishgan, deb o'ylayman. Men ularda jiddiy yondoshuvni ko'rmaganman. Ahmadalievda tayyorgarlik va kayfiyat o'zgacha. U g'azabga to'lgan, kuchli zarbaga ega, Inouedan farqli ravishda hali yiqilmagan. Texnik jihatdan Murodjon juda yaxshi. Agar jangni to'g'ri rejalashtirsa — g'alaba qozonishi mumkin. Hatto muddatidan oldin ham", — dedi Mashyanov.

Eslatib o'tamiz, Axmadaliev – Inoue jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyada o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: