Vestnik MMA nashrining malum qilishicha, turnir doirasida yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Aleksandr Rakich o'n birinchi pog'onadagi Azamat Murzakonov bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, 33 yashar Aleksandr Rakich faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yoshli Azamat Murzakonov hisobida esa 15 ta g'alaba bor.
Avvalroq, UFC 321 turniri doirasida rossiyalik taniqli og'ir vazn vakillari Aleksandr Volkov va Sergey Pavlovich jangi guvohi bo'lishimiz mumkinligi haqida xabar bergandik.