Drozdning fikricha, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi bo'lgan Bahodir Jalolov superog'ir vazn toifasidagi jahon chempioni Aleksandr Usik uchun bosh og'riq bo'la olishi mumkin.
"Mana Bahodir haqiqatan ham Usik uchun raqobat taklif qila olishi mumkin. U havaskor boksdan voz kechib, professionalga to'liq o'tishni boshlagan ko'rinadi. Bahodirning kelajagi bor. Ammo men Jalolov Usik bilan jang qiladi, deb o'ylamayman. Boisi, Sasha allaqachon Jeyk Pol kabilar bilan yuzma-yuz kelyapti. Menimcha, Usik endi kosmik, rekord darajadagi pullar ishlashni rejalashtiryapti", dedi Grigoriy Drozd.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik 20 iyul tongida Londonda o'tkazilgan prof boks oqshomi doirasida britaniyalik Daniel Dyubuani nokautga uchratgandi.