SportUz.Net

Xolmurod Nurmatov ACA Ligasi reytingida ko'tarildi

18.07.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

Absolute Championship Akhmat MMA Ligasi yakuniga etgan musobaqalardan so'ng tashkilot reytingini yangiladi.

Yodingizda bo'lsa, 11 iyul kuni Grozniy shahrida tashkil etilgan ACA 189 turniri doirasida o'zbekistonlik Xolmurod Nurmatov Rossiya vakili Axmed Xamzaev bilan jang qilib, uchinchi raundda nokaut orqali zafar quchgandi.

Nurmatov aprel oyida ACA'ning o'ta engil vazn toifasiga kiritilib, 15-o'ringa joylashtirilgandi.

Yangilangan reytingda esa Xolmurod ikki pog'ona yuqorilab, 12-o'ringa ko'tarildi. Vazn chempioni rossiyalik Azamat Pshukov hisoblanadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: