"Menimcha, Ennis bilan jang albatta bo'lishi kerak. Baxram bilan bellashuvga kelsak, aniq qachon bo'lishini bilmayman, lekin u bilan ham tez orada uchrashamiz, degan umiddaman. Bu muxlislar ko'rishni istagan ajoyib janglar, shu jumladan, men ham. Men ikkalasi bilan ham jang qilishni xohlayman. Buni Turki Ash SHeyxga ham aytdim. Ennis bilan raqobat uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Rostini aytsam, men eng qiyin janglarni o'tkazishga harakat qilaman. Ringda qilgan ishlarimdan boshqa hech narsa bilan tarixda qolishni istamayman", dedi Ortis.
Virjil so'nggi jangini fevral oyida hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.