"Men bu vazn toifasida yana bir nechta jang o'tkazish niyatidaman. Agar men uchun birlashtiruvchi yoki shunchaki katta janglar berilmasa, o'rta vazn toifasiga o'tishga to'g'ri keladi. Hozircha men super yarim o'rta vaznda harakat qilib turmoqchiman. Boshqa kamarlar, jahon chempionlari yoki katta janglar bor, vaqt o'tishi bilan nima bo'lishini ko'raveramiz", deydi Murtazaliev.
Malumot uchun, Baxram bilan bir vaznda o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov ham faoliyat yuritadi. Biroq hamyurtimiz Murtazaliev chempionligidagi IBF reytingiga kiritilmagan.
Toni Fergyuson prof boksdagi debyut jangini Manchester shahrida blogerga qarshi o'tkazadi