SportUz.Net

Pore Maxachev - Topuriya ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi

17.07.2025 13:54    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Dastin Pore Iliya Topuriya hamda Islam Maxachev o'rtasidagi ehtimoliy jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.

"Bu juda qiyin savol, chunki men Iliyani hech qachon shaxsan ko'rmaganman. U qanchalik katta, bo'yi qanday — bilmayman. U raqiblarini yiqitmoqda va men ham kurashgan jangchilarni engmoqda, u juda yuqori darajadagi sportchilarni mag'lub etmoqda. Ammo Islam — juda katta yigit.

Menimcha, Iliya 145dan 170 funtgacha bo'lgan vazn toifasida istalgan raqibni nokaut qilishi mumkin. Agar to'g'ri ura olsa, har qanday raqibni "o'chirib qo'yadi". Hammasi uning erdagi himoyasi va chidamliligiga bog'liq bo'ladi. Biz hali uni bu darajada sinab ko'rmadik, shuning uchun ko'p savollar bor", — dedi Pore TNT Sports'ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: