"Islam Maxachev Iliya Topuriyani nokaut qilgan bo'lardi. Bu texnik nokaut bo'lgan bo'lardi. Islam — boshqa darajadagi jangchi. Topuriyani u bilan solishtirib bo'lmaydi. Topuriya hozir P4P reytingida birinchi o'rinda faqatgina bitta sabab bilan turibdi: Islam endi chempion emas. Lekin u ikkinchi kamarni olish bilan yana reyting etakchisiga aylanadi.
Menimcha, Islam Jek Della Maddalenani engadi, P4P etakchisi bo'ladi, men esa o'sha vaqtga kelib engil vazn chempioni bo'lib, ikkinchi o'ringa chiqaman. Keyin men Islamni mag'lub etib, birinchi raqamga aylanaman. Katta orzu qil, qattiq ishla", — dedi Carukyan.