"Pulini to'lashsa, balki UFC'da jang qilishni afzal ko'rarman. Narxi qancha? 30 million dollar men uchun hech narsa emas. Men 500 million dollar istayman", dedi Fyuri Istanbulda o'tkazilgan IBA.Pro 7 turniri paytida.
Tayson Fyurining so'nggi jangi 2024 yilning dekabr oyida Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida Aleksandr Usikka qarshi bo'lgan. O'sha jangda britaniyalik charm qo'lqop ustasi Usikka ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchragandi.