SportUz.Net

SHahram G'iyosov WBA vaqtinchalik kamari uchun jang qiladi, raqib malum - manba

03.07.2025 15:42    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosovning keyingi jangi bo'yicha malumot tarqaldi.

MoBoxing&NoProblem nashrida aytilishicha, SHahram G'iyosov WBA yo'nalishida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilish arafasida. Unga Meksika vakili Raul Kuriel raqib bo'lishi kutilyapti.

Hozircha har ikki tomon WBA to'laqonli chempioni Rolli Romeroning qarorini kutmoqda. Avvalroq, Romeroga WBC tashkiloti Barrios - Pakyao to'qnashuvi g'olibi bilan birlashtiruvchi jang o'tkazish taklifini bergandi.

G'iyosov ayni damda WBA kamari uchun majburiy davogar sanaladi.

31 yashar hamyurtimiz faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. 29 yoshli Raul Kuriel hisobida esa 16 ta g'alaba va 1 durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: