Turnir doirasida Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ovanes Bachkov Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Xolisani Ndongeniga qarshi ringga ko'tarildi. Jang 9-raundda referi tomonidan to'xtatildi. Murabbiylar ring markaziga oq sochiq tashlashdi, boisi Ndongeni nokdaun holatiga tushib qolgandi.
SHu tariqa, Ovanes Bachkov prof ringdagi 8-jangida 8-g'alabasini qo'lga kiritdi. Janglarining 7 tasini muddatidan avval yakunlagan. Aslida kecha armanistonlik bokschi hamyurtimiz SHohjahon Ergashevga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Xabarda Ergashevning jarohat olgani sabab bu jangdan voz kechgani aytilmoqda.