Bu haqda qozog'istonlik sport jurnalisti Ualixan Kosanbay malum qildi.
"Hozirda World Boxing'ga niderlandiyalik Boris van der Vorst rahbarlik qilyapti, lekin u bu lavozimda qoladimi yoki yo'q — nomalum. 2 sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tashkilot Kongressi o'tkaziladi. Tadbir davomida Prezidentlik saylovi ham tashkil etiladi. Menda o'sha saylovlarda Gennadiy Golovkin ham qatnashishi bo'yicha malumotlar bor", deydi Kosanbay.
Malumot uchun, ayni damda Golovkin World Boxing Olimpiya komissiyasi azosi hisoblanadi.