Avval malum qilganimizdek, turnir doirasida hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov ham ishtirok etadi.
27 yashar Madiyarga musobaqada Ozarbayjon vakili Ahmad Mustafaev raqib bo'lishi belgilab qo'yilgan.
6 raundlik ushbu bellashuv professional maqomda kechadi.
Saidrahimov bungacha prof faoliyati davomida 2017 yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bitta jang o'tkazib, g'alabaga erishgan. Ahmad Mustafaev uchun esa bu bahs prof ringdagi debyutga aylanadi.
Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oluvchi bellashuvlarni mazkur havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.