SportUz.Net

World Boxing . Uchinchi kungi janglarda uch bokschimizga muxlislik qilamiz

02.07.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qozog'istonning Astana shahri boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakilalalari yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Bugun Jahon kubogining uchinchi kuni uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab beradigan Farzona Fozilova (-48 kg) qozog'istonlik Nazim Kizaibayga qarshi jang o'tkazadi.  

Juftliklar bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Nazim Kizaibay (Qozog'iston) soat 14:00 da boshlanadi

-51 kg: Sabina Boboqulova - Martina Vassallo (Italiya) 14:30

-65 kg: Navbahor Hamidova - Angelsen Madeleiene (Norvegiya) 19:30

Malumot uchun, kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 14:00, kechki dastur esa 19:00`da boshlanadi. Ushbu nufuzli musobaqada murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirok etmayapti. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: