Xabaringiz bor, ushbu nufuzli musobaqada murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirok etmayapti. Unda Elshod Rasulov murabbiyligidagi ayollar terma jamoamiz vakilalalari himoya qilishyapti.
Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida uch nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Feruza Kazakova (-54 kg) qozog'istonlik Anel Sakishga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0. -75 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova polshalik Olivia Toborekdan 5:0 hisobida ustun keldi. Zokirova raqibasini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Afsuski, Xumorabonu Mamajonova (-57 kg) Xitoy Taypeyi bokschisi Vu SHi-Yiga hakamlarning qarorlariga ko'ra 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.