Iliya Topuriya o'z intervyusida 2025 yil hisobidan yana bitta jang o'tkazish istagida ekanini malum qildi.
"Men yil oxirigacha chempionlik himoya jangiga tayyor bo'laman. Agar UFC buni xohlasa, men qarshi emasman", — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.
Eslatib o'tamiz, kecha Matador Las-Vegasda o'tgan UFC 317 turnirining asosiy jangida braziliyalik 35 yoshli sobiq chempion CHarlz Oliveyrani birinchi raundning o'zida chuqur nokautga uchratib, engil vaznning yangi UFC chempioniga aylangandi.