SportUz.Net

Lift Promotions Toshkentdagi prof boks oqshomi kardini elon qildi. Markaziy jangda mag'lubiyatsiz hamyurtimiz ishtirok etadi

30.06.2025 17:27    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, 10 iyul kuni Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida Lift Promotions kompaniyasining navbatdagi boks oqshomi o'tkaziladi.

Tashkilotchilar musobaqaning to'liq kardini elon qildi.

Unga ko'ra, asosiy bahsda hamyurtimiz SHohjahon Abdullaev (4-0) Hindiston vakili Gaurav Duttga (3-1) qarshi ringga ko'tariladi.

Bundan tashqari, musobaqa doirasida Nurislom Ismoilov, Abbosxon Yo'ldoshev kabi yosh va taniqli charm qo'lqop ustalari chiqish qiladi.

Janglar 10 iyul kuni 19:00 da start oladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: