SportUz.Net

Ian Garri Bilol Muhammad bilan jang qilish istagida

30.06.2025 12:57    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning irlandiyalik yarim o'rta vazn jangchisi Ian Garri o'z divizionidagi sobiq chempion Bilol Muhammadga qarshi jang o'tkazishga tayyorligini bildirdi.

"Men Bilol va Brediga qarshi jangga rasman rozilik berdim. SHu hafta UFC bilan uchrashib, hammasini tashkil etishga harakat qilaman", - dedi Garri Ariel Xelvani YouTube kanalida.

Eslatib o'tamiz, Garrining so'nggi jangi 2025 yil aprelida bo'lib o'tdi. Unda u Karlos Pratesni yakdil qaror bilan mag'lub etgandi. Undan avval esa SHavkat Rahmonovga imkoniyatni boy bergandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: