U 11 iyul kuni Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" arenasida tashkil etiladigan prof boks turnirida ringga chiqadi.
Dulatning prof boksdagi ilk raqibi kongolik Marios Matamba bo'ladi.
30 yoshli afrikalik charm qo'lqop ustasi professional miqyosda 15 ta jang o'tkazib, 13 tasida g'alaba qozongan, 2 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o'tamiz, Dulat Bekbauov 2023 yilda poytaxtimizda bo'lib o'tgan IBA Jahon chempionati finalida hamyurtimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevga imkoniyatni boy bergan.
Iliya Topuriya: "Agar Maxachev yutsa men bilan jang qilsin. Yutqazsa, navbatga tursin"