SportUz.Net

Usik - Dyubua revanshi uchun "Uembli"da tribunalar soni 94 000 taga etkazilishi mumkin

28.06.2025 14:57    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazn toifasida IBF chempioni Daniel Dyubuaning promouteri Frenk Uorren WBC, WBA, WBO, IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi uchun o'rinlar sonini oshirish haqida o'ylayotganini aytdi.

"Bizda hozirda 78 000 ta chipta sotilgan. Taxminan 84 000 yoki shu atrofdagi joyga chipta sota olsak, 94 000 tagacha chiqaramiz. Buni oldindan qilish kerak, shuning uchun biz barcha o'rindiqlarni to'ldirishimiz mumkinligiga ishonchimiz komil bo'lgandagina buni amalga oshiramiz. Qaror qabul qilish uchun biroz vaqtimiz bor", dedi Uorren.

Stadionning maksimal sig'imi ham aynan 94 000 muxlisga mo'ljallangan.

Jang 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: