SportUz.Net

46 yoshli Menni Pakyao boksdagi maqsadini aytdi

28.06.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao bugungi kunda qanday maqsad sari intilayotganini aytdi.

"Menda yana ikki yoki uchta jang qoldi. O'zimni hali ham tezman, kuchliman va yuqori darajada raqobatlasha olaman deb his qilaman. Bu jang men uchun tarixning bir qismi. O'zim o'rnatgan rekordni yangilashga ishonaman va SHon-sharaflar zaliga kiritilgan bokschilar orasida ilk marta qaytib kelib, yana chempionlikni qo'lga kiritadigan bokschi bo'lishni istayman. Mening asosiy maqsadim — yoshi eng katta chempionga aylanish va chempion sifatida sportdan ketish", - dedi Pakyao. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: