Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan oqshomning asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol hamda sobiq jahon chempioni meksikalik Xulio Sezar CHaves o'rtasida bo'lib o'tadi.
Jang oldidan ishtirokchilarni rasmiy tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. 28 yoshli Jeyk Pol 90,4 kg, 39 yashar Xulio Sezar CHaves esa 89,9 kg tosh bosdi.
Turnirning co-main event jangi birinchi og'ir vaznda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni meksikalik Xilberto Ramires hamda uning WBA kamariga kubalik majburiy davogar Yuniel Dortikos o'rtasida o'tkaziladi. CHempion tarozida 90,5 kg, davogar esa 89,9 kg vazn qayd etdi.
SHuningdek, Anaxaymdagi boks turnirida engil vaznda sobiq jahon chempioni Tevin Farmer kelajagi porloq sifatida baholanayotgan Floyd Skofildga qarshi ringga chiqadi. Farmerning tarozida ko'rsatgan vazni 61,2 kg, Skofildniki esa 61,1 kg ekani oydinlashdi.
Etiborlisi, ushbu boks oqshomida ayollar o'rtasida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm ham boks qoidalari bo'yicha jang o'tkazadi. O'n ikki yillik tanaffusdan so'ngi boks ringiga qaytayotgan Xolm tarozida 61,9 kg, uning raqibasi Yolanda Ochoa esa roppa-rosa 62 kg tosh bosdi.
Iliya Topuriya: "Agar Maxachev yutsa men bilan jang qilsin. Yutqazsa, navbatga tursin"