Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov ham ringga chiqdi. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimizga Tailand vakili Petsukumvit Boy Bangna raqiblik qildi. Ortiqov uchinchi raundda mezbon sportchini vatandoshlari ko'z o'ngida nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Aslamjon Ortiqov prof faoliyatidagi 8-jangidagi 8-g'alabasini qo'lga kiritdi. U bu janglarining 4 tasini muddatidan avval yakunlagan. Bangna hisobida esa 4 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.
Iliya Topuriya: "Agar Maxachev yutsa men bilan jang qilsin. Yutqazsa, navbatga tursin"