"Ular endigina kelishdi, biz bilan ishlashyapti. Bizni jahon chempionatiga tayyorlashadi, keyin esa biz bilan Jahon chempionatiga borishadi. Aytishim mumkinki, ko'plab mutaxassislar va murabbiylar bizga yordam berishyapti, lekin ular orasida eng kuchlilari aka-uka Kristofer va Dario Kamacholardir. Ular juda yaxshi mutaxassislar, bizga juda yaxshi yordam berishadi", deydi Satjanov.
Eslatib o'tamiz, Kristofer Kamacho ko'p yillar davomida Gennadiy Golovkinning professional boksdagi turli janglari oldidan yig'inlarida qatnashib kelgan.
2024 yilda Dario va Kristofer Qozog'iston boks terma jamoasini Osiyo chempionatiga tayyorlagan edi.