SportUz.Net

SHahram G'iyosov yangilangan The Ring reytingida nechanchi o'rindan joy oldi?

27.06.2025 14:30    


Rasmni yuklab olish

The Ring jurnali prof boksning yarim o'rta vazn toifasidagi bokschilar reytingini yangiladi.

WBA kamari uchun majburiy davogar bo'lib turgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov reytingda kuchli beshlikdan joy egalladi.

Malumot uchun, G'iyosov keyingi jangini aynan WBA chempionlik kamari uchun o'tkazishi belgilangan. O'tgan haftada ushbu yo'nalishning amaldagi chempioni Jeyron Ennis WBA va IBF kamarlarini bo'sh qoldirgani haqida xabar berilgandi.

Yarim o'rta vazn toifasidagi bokschilarning The Ring talqiniga ko'ra tuzilgan reytingi:

1. Brayan Norman (AQSH);

2. Eymantas Stanionis (Litva);

3. Mario Barrios (AQSH);

4. Jovani Santilyan (AQSH);

5. SHahram G'iyosov (O'zbekiston);

6. Rogan Polanko (Dominikan Respublikasi);

7. Aleksis Rocha (AQSH);

8. Raul Kuriel (Meksika);

9. Ekov Essuman (Velikobritaniya);

10. Karen CHuxajyan (Ukraina).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: