SportUz.Net

Getji muxlislar bilan musobaqada Ferrari 812 GTS mashinasini yutib oldi

25.06.2025 09:27    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Jastin Getji Fanatics Games o'yinlarida ikkinchi o'rinni egalladi.

U bu natijasi orqali Ferrari 812 GTS avtomobilini qo'lga kiritdi.

Sportchilar va taniqli shaxslar sakkizta sport turi bo'yicha muxlislarga qarshi kurashgan turnir doirasida basketbol to'pini uloqtirish, amerika futboli bo'yicha gol urish, beysbol to'pini  otish, xokkeyi, WWE super yulduzi kabi chiqish, UFC zarbasi va golf aniqligi kabi bellashuvlar o'tkazildi. 

Getji unda 345,5 ball to'pladi. Birinchi o'rin hamda 1 million dollar pul mukofoti 399,1 ball to'plagan Amerika futboli bilan shug'ullanuvchi Tom Brediga nasib etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: