SportUz.Net

Turki al ash-SHeyx Murodjonga ishonmayaptimi? Arab puldori Inouega oid keyingi rejalarini aytdi

25.06.2025 09:06    


Rasmni yuklab olish

Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue 27 dekabr kuni ringga chiqishi mumkin.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar boshqarmasi raisi Turki al ash-SHeyx malum qildi.

"27 dekabr kuni bizda Inouening jangi bor. Biz Inoue va Alen Pikasso jangiga oid muzokaralarni markaziy bellashuv sifatida yakunlash arafasidamiz. Butun kard katta janglardan iborat bo'ladi — Yaponiya va Meksika bokschilari o'rtasidagi eng yirik janglar", dedi Turki.

Malumot uchun, Naoya Inoue 14 sentyabr kuni o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilishi kerak. Avvalroq, Inoue Turkiga tegishli Riyadh Season bilan shartnoma imzolagan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: