"Xabib faoliyatini yakunlagandan so'ng Dana menga qo'ng'iroq qildi va "u bilan jang qilish qiziqmi?" deb so'radi. Bu menga g'alati tuyuldi. Men ishonmadim. Undan so'radim: “Xabib rostdan ham bu jangni xohlayaptimi?” U “ha” deb javob berdi. Men esa o'ylab ko'raman dedim. Keyin Ali Abdelazizga qo'ng'iroq qildim, u esa bu rost emasligini aytdi", — dedi u Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
"Biz birinchi marta UFC'dan bu jangni tashkil qilishni so'raganimizda, ular rozi bo'lmagan. Xabib ketganidan keyin Dana buni uyushtirishga urinib ko'rdi. CHunki ikkimiz ham nafaqadamiz va u bizni qaytarmoqchi bo'ldi. Agar Xabib rozi bo'lganida men ham rozi bo'lardim. Menda boshqa iloj qolmasdi", - dedi Sen-Per.
Eslatib o'tamiz, Sen-Per 2019 yil fevralda, Xabib esa 2020 yil oktyabrda faoliyatini rasman yakunlagan.
Topuriya yoki Oliveyra. Maxachevdan qolgan kamarni kim oladi? UFC 317 kardi bilan tanishing