SportUz.Net

Aleks Pereyra og'ir vazn toifasiga o'tishga shama qildi

18.06.2025 18:03    


Rasmni yuklab olish

Magomed Ankalaev Aleks Pereyraga qarshi revanshni kutayotgan bir paytda, braziliyalik sobiq chempion o'zini og'ir vaznda sinab ko'rish niyati borligini bildirdi.

Bu haqda Pereyra ijtimoiy tarmoqdagi videoda malum qildi. Unda u elektron tarozida turibdi va unda 110 kg (244 funt) ko'rsatilgan.

"Sen og'ir vazn jangchisisan, bro", — deydi videoda Pereyraning murabbiyi Plinio Kruz.

"Hamma mening vaznim haqida gapiryapti. Qanday o'ylaysizlar, men og'ir vaznliga o'xshaymanmi yoki yo'q?" — deydi Pereyra.

"Agar bunday qilmasang, tarixdagi eng yirik yarim og'ir vazn jangchisi bo'lasan. Bu — jinoyat darajasida og'ir! SHama!" — deb javob beradi murabbiy.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: