Ularning jangi 29 iyun kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) UFC 317 turnirida bo'lib o'tadi.
"U nimalarni gapirayotgani men uchun ahamiyatsiz. 29 iyun kuni yuzma-yuz uchrashganimizda nima bo'lishini Yaratgandan boshqa xech kim bilmaydi. Men Iliya uchun ham, menga qarshi chiqadigan har qanday jangchi uchun ham jiddiy muammoman. Qo'llarimda kuch bor va ajoyib jiu-jitsu ko'nikmalariga egaman.
Topuriya yoki boshqa kim nima desa ham farqi yo'q. Biz bu operani ko'p marta ko'rganmiz. Ular ko'p gapirishgan, natija nima bo'lganini esa yaxshi bilasizlar — mening qo'lim ko'tarilgan", — dedi Oliveyra.
"Hammasi endi boshlanmoqda". Maxachev sportdan ketish haqidagi xabarlarni inkor etdi