SportUz.Net
iks
ads

Volkanovski navbatdagi raqibi kim bo'lishiga shama qildi

14.06.2025 11:36    


Rasmni yuklab olish

Yarimengil vazn toifasida yana UFC chempioni bo'lib olgan Aleksandr Volkanovski navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazadi?

Asli kelib chiqishi makedoniyalik bo'lgan, hozirda Avstraliya sharafini himoya qilayotgan Volk meksikalik Yair Rodrigesni raqib sifatida ko'rmoqda.

"Hozircha hech narsa deya olmayman. Hammasi mavhumligicha qolmoqda. Echimini kutayotgan savollar bisyor. Yair Rodrigesning ism-sharifini tez-tez aytishyapti. Sentyabr qaytishim uchun eng qulay va maqbul payt. Qizig'i, aynan shu oyda farzandim dunyoga keladi", — dedi Volkanovski Low Kick MMA portaliga bergan intevyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: