Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov ham oktagonga ko'tariladi.
O'sha kuni Axtamovga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanches raqiblik qiladi.
Kecha sportchilar turnir oldidan face to face marosimida ishtirok etishdi.
Aslida, Mirafzalning PFL Ligasi bilan shartnomasi mavjud bo'lib, yurtdoshimiz keyingi janglarini aynan ushbu promoushenda o'tkazishda davom etadi.
Malumot o'rnida, 32 yoshli buxorolik Mirafzal Axtamov faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. 33 yashar Adrian Sanches hisobida esa 7 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi
Mahmud Muradov ertangi jangi oldidan tajribali raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)