SportUz.Net

Kayla Xarrisonning bugungi g'alabasidan keyin Amanda Nunes oktagonga qaytishini elon qildi

08.06.2025 23:30    


Rasmni yuklab olish

CHempionlik jangi yakunlanishi bilan har ikki aralash yakkakurash ustasi oktagonga ilk face to face marosimini ham o'tkazib olishdi.

Bugun AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahrida raqamlangan UFC 316 turniri o'tkazilib, oqshomning co main-event jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasi chempioni Julianna Penya davogar Kayla Xarrisonga qarshi oktagonga ko'tarildi. 

Jangning ikkinchi raundida Kayla raqibasini kimura, yani qo'lini og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, yangi UFC chempioniga aylangandi. Dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni bo'lgan Xarrisonning kimura usulini bajarishda aynan dzyudo qo'l kelgan. 

Ushbu to'qnashuv yakunlanishi bilan ikki vaznda sobiq UFC chempioni Amanda Nunes Kayla bilan jang uchun ham faoliyatini qayta tiklashini elon qildi. Braziliyalik "sher" UFC`dagi so'nggi jangini 2023 yilning 10 iyun kuni Iren Aldana qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Aynan o'sha jangdan keyin Amanda faoliyatini yakunlagan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: