SportUz.Net

Tokioda ikki chempion o'rtasida birlashtiruvchi derbi jangi bo'lib o'tdi

08.06.2025 22:42    


Rasmni yuklab olish

Bugun Yaponiyaning Tokio katta professional boks turniri tashkil etildi.

Oqshomning asosiy jangi o'ta engil (53,5 kilogrammgacha) vazn toifasida birlashtiruvchi chempionlik maqomida bo'lib, unda WBC chempioni Dzyunto Nakatani IBF kamari sohibi Ryosuke Nisidaga qarshi ringga ko'tarildi.

Yapon derbisida Nakatani raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, ikki yo'nalish chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirdi. Oltinchi raunddan keyin Nisidaning o'ng ko'zida jiddiy gematoma hosil bo'lib, hatto yumilib, ko'rmay ham qoldi. Natijada murabbiylar Nisidani ettinchi raundga chiqarishmadi.   



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: