SportUz.Net

TUF 33. Furqatbek Yoqubov yana jang qilmadi. Hamyurtimiz uchun ikki raqib qolmoqda, ulardan biri qozoq!

05.06.2025 09:27    


Rasmni yuklab olish

UFC'ga tegishli The Ultimate Fighter 33 shousining ikkinchi qismi taqdim etildi.

Unda yarimo'rta vazn toifasidagi jang o'tkazildi. Ukraina vakili, ko'rsatuvda Daniel Korme jamoasi safida ishtirok etayotgan Daniil Donchenko CHeyl Sonnenning jamoasidagi braziliyalik Richard Martins ustidan ikki raund yakuniga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozondi.

Bu g'alaba orqali o'z vaqtida Amirxon Alixo'jaevni mag'lub etgan Donchenko TUF 33 1/2 finaliga yo'l oldi.

SHouning uchinchi jangi o'ta engil vazn toifasida meksikalik Imanol Rodriges hamda Hindiston vakili Arshiyan Memon o'rtasida kechadi.

The Ultimate Fighter 33 shousining o'zbekistonlik ishtirokchisi Furqatbek Yoqubov oldida esa ikki raqib qolmoqda — qozog'istonlik Alibi Idris yoki JAR mamlakatidan tashrif buyurgan Tumelo Manyamala.

Ko'rsatuvning uchinchi qismida yarim o'rta vazn toifasidagi jang elon qilinadi. SHunday ekan, Yoqubovning raqibi to'rtinchi qismda elon qilinishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: